Jinoyat-ijroiya kodeksi

18-modda. Jazoni o'tash joylariga kirish

(18-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 15 ноябрдаги ЎРҚ-1002-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.11.2024 й., 03/24/1002/0936-сон)

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa shaxslar jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish huquqiga ega. Shikoyatlarni ko'rib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o'z tashabbusi bilan tekshirish chog'ida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), uning o'rinbosari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani) hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari o'z vakolatlari doirasida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini o'rganish hamda tahlil qilish maqsadida jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, zarur hujjatlar bilan tanishishga haqli. Jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan, shuningdek jazoni ijro etuvchi organning ruxsatiga asosan yo'l qo'yiladi. Mahkumlarning xavfsizligini va qo'riqlanishini ta'minlovchi ob'yektlarni tasvirga olishga jazoni ijro etuvchi muassasaning yoki organning ruxsati bilan yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.