Jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning jazoni o'tash muddati tugashiga uzog'i bilan uch oy qolganda uni ozodlikka chiqarishga tayyorlash, mehnat va turmushda o'rnashishga bo'lgan ehtiyojini aniqlash, uning muassasadan ozod bo'lgandan keyingi huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish maqsadida mahkum bilan tarbiyaviy ish olib boradi.
Ishda va turmushda o'rnashishga muhtoj shaxslar aniqlangan taqdirda muassasa ma'muriyati oldindan mahkum yashashni mo'ljallayotgan joydagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod bo'lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi markazini uning ozod qilinishi, turar joyi bor-yo'qligi, mehnat qobiliyati va ixtisosi to'g'risida xabardor etadi.
Muassasa ma'muriyati ayni bir vaqtda ustidan ichki ishlar organlarining ma'muriy nazorati o'rnatilishi zarur bo'lgan shaxslarni aniqlaydi va qonunchilikda belgilangan tartibda sudga tegishli taqdimnoma kiritadi.
lex.uz’dagi asl matn171-modda. Mahkumlarni ozod qilishga tayyorlash
(171-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.