Jinoyat-ijroiya kodeksi

168-modda. Jazo ijrosini tugatish vaqti

(168-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo'yicha cheklash, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo'natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi mazkur jazo muddatiga qonunchilikka muvofiq kiritilishi mumkin bo'lgan o'zgartirishlarni hisobga olgan holda bu muddatning oxirgi kuni tugatiladi. Agar jazo muddati dam olish yoki bayram kuni tugaydigan bo'lsa, mahkum ushbu dam olish yoki bayram kunidan bir kun oldin ozod qilinadi. Muddat oylar bilan hisoblangan taqdirda bu muddat keyingi oyning tegishli kuni, agar mazkur oyda shunday kun bo'lmasa — shu oyning oxirgi kuni tugaydi. Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma'muriyati mahkumni muddatidan ilgari ozod qilish to'g'risidagi hujjatlarni ish kuni tugaguniga qadar olgan bo'lsa, shu zahoti, ish kuni tugaganidan keyin olgan bo'lsa, ertasi kuni ertalab ijro etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.