Jinoyat-ijroiya kodeksi

152-modda. Mahkumlarning posilkalar, yo'qlovlar, banderollar va pul jo'natmalari olishi hamda yuborishi

Intizomiy qismda mahkumlar har oyda bitta posilka yoki yo'qlov va cheklanmagan miqdorda banderollar olish huquqiga ega. O'z nomiga kelgan posilka, yo'qlov va banderollarni mahkumlarning o'zi intizomiy qism vakili nazorati ostida ochadi. Foydalanish taqiqlangan narsalar va buyumlar belgilangan tartibda olib qo'yiladi. Mahkumlar nomiga kelgan pullar ularning shaxsiy hisobvarag'iga o'tkazilib, bu haqda ularga xabar qilinadi. Mahkumlar posilka, yo'qlov, banderollar va pul jo'natmalarini cheklanmagan miqdorda yuborishlari mumkin. Posilka, yo'qlov, banderollar va pul jo'natmalarini olish hamda yuborish tartibi O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.