Jinoyat-ijroiya kodeksi

106-modda. Intizomiy jazo choralarini qo'llash tartibi

(106-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 14 мартдаги ЎРҚ-530-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.03.2019 й., 03/19/530/2769-сон)

Intizomiy jazo huquqbuzarlikning og'irligi va xususiyatiga mos bo'lishi kerak. Bir vaqtning o'zida sodir etilgan bir nechta huquqbuzarlik uchun bitta intizomiy jazo qo'llaniladi. Bitta huquqbuzarlik uchun bir nechta intizomiy jazo qo'llash taqiqlanadi. Intizomiy jazo yozma ravishda, huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oy ichida beriladi. Huquqbuzarlik sodir etilgan holat, mahkumning xulq-atvori va shaxsiy xislatlari, uning xulq-atvoriga va qoidabuzarlik yoki qilmish sodir etishga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan, intizomiy choralar qo'llash uchun sabab bo'lgan ruhiy holati buzilishining mavjudligi, shuningdek olib tashlanmagan va bekor bo'lmagan intizomiy jazolari bor-yo'qligi intizomiy jazoni qo'llash chog'ida inobatga olinadi. Intizomiy jazo darhol ijro etiladi. Agar intizomiy jazo qo'llanilgan kundan boshlab bir oy ichida ijro etilmagan bo'lsa, u ijroga qaratilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.