Mahkumlar advokatlardan malakali yuridik yordam olish huquqiga ega.
Jazoni va jinoyat-huquqiy ta'sir ko'rsatishning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalar hamda organlarning vakolatli mansabdor shaxsi sudning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qayta ko'rib chiqishda, shuningdek ularni ijro etish bilan bog'liq masalalarni hal qilishda davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatning «Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishtirok etishini davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo'lgan mahkumning iltimosiga ko'ra ta'minlash choralarini ko'rishi shart. Boshqa hollarda mahkum davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun «Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida ko'rsatilgan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilishi mumkin.
Yuridik yordam olish uchun advokatlar bilan xoli uchrashuvlar mahkumlarga ularning arizasiga yoki advokatning iltimosnomasiga ko'ra beriladi.
Advokat bilan uchrashuvni mahkumning o'zi rad etganligi sababli advokatning mahkum yuridik yordam olishi uchun u bilan uchrashuv berilishi to'g'risidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi advokat mahkum bilan xoli suhbatlashganidan keyin tasdiqlanishi kerak, bu haqda bayonnoma tuzilib, u mahkum, advokat va jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining vakili tomonidan imzolanadi.
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlar soni hisobiga kirmaydi, bunday uchrashuvlar soni va muddati cheklanmaydi.
Yuridik yordam ko'rsatilayotganda advokat quyidagi huquqlarga ega:
jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining, prokurorning, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat berish;
jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatidan ma'lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni so'rab olish.
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlar o'tkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn10-modda. Yuridik yordam olish huquqini ta'minlash
(10-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-915-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.02.2024 й., 03/24/915/0160-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.