Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqlar hamda erkinliklarni ro'yobga chiqarish va himoya qilish; fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish; kasb-kor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish; tabiatni, madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o'rtasida tinchlik va do'stlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Faoliyati jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek konstitutsion tuzumni g'ayriqonuniy yo'l bilan o'zgartirish yoki O'zbekiston Respublikasi hududining birligini buzish, urushni, zo'ravonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan ijtimoiy, shu jumladan sinfiy, shuningdek irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar qilish maqsadini ko'zlaydigan jamoat birlashmalarining tuzilishiga yo'l qo'ymaydi.
Harbiylashtirilgan jamoat birlashmalari va qurolli tuzilmalar, shuningdek diniy xarakterga ega partiyalar, ularning filiallari va boshqa struktura bo'laklari tashkil etish taqiqlanadi.
Jamoat birlashmalari va ularning idoralari tomonidan qonuniy va demokratik yo'l bilan shakllantirilgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda hokimiyat vakolatlariga ega bo'lganlarga nisbatan g'ayridemokratik tarzda kuch ishlatib tazyiq o'tkazish taqiqlanadi. Qonuniy ravishda amal qilib turgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda mansabdor shaxslarga demokratik usulda hal etish bahonasi bilan tazyiq o'tkazishga bo'lgan har qanday urinishga Qonun bilan barham beriladi.
Aholining salomatligi va axloqiga, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga tajovuz qiladigan jamoat birlashmalarini tuzish va ularning faoliyati qonunga muvofiq ta'qib qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun
3-modda. Jamoat birlashmalarini tuzishdan ko'zda tutilgan maqsad
( 3-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.