Agar O'zbekiston Respublikasida tuzilgan jamoat birlashmasining faoliyati ustavga muvofiq O'zbekiston Respublikasi hududida va bitta yoki undan ko'proq xorijiy davlat hududida amal qilsa, u xalqaro jamoat birlashmasi deb e'tirof etiladi.
Basharti, chet elda tuzilgan xalqaro jamoat birlashmasi tarkibiga respublika jamoat birlashmasi kollektiv a'zo sifatida kirsa, respublika jamoat birlashmasining ustavi ham ushbu Qonunga muvofiq ro'yxatga olinishi kerak.
O'z faoliyatini xorijiy davlat hududida ham amalga oshiradigan jamoat birlashmasi zarur o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritilgan ustavini qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Tinchlikni mustahkamlashni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni, insonparvarlik faoliyatining o'zga turlarini maqsad qilib qo'ygan jamoat birlashmalari qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
Ushbu Qonunning qoidalari xorijiy davlatlar jamoat birlashmalarining O'zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan bo'limlari (filiallari va boshqa tarkibiy bo'linmalari) faoliyatiga nisbatan qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun
24-modda. Xalqaro jamoat birlashmalari
(24-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.