Siyosiy partiyalar davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiladi hamda o'z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashadi.
Partiyalarning dasturiy hujjatlari bo'ladi, ular ommaning e'tibori uchun matbuotda e'lon qilinadi.
Siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko'rsatish, saylovoldi tashviqot ishlarini olib borish, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida fraktsiyalar va Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuzish huquqiga egadir.
Ommaviy jamoat harakatlari siyosiy yoki o'zga maqsadlarni ko'zlaydilar hamda ularning ro'yxatga olingan a'zolari bo'lmaydi.
Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralarida lavozimni egallab turgan shaxslar o'z xizmat faoliyatida qonun talablariga amal qiladilar va siyosiy partiyalar hamda siyosiy maqsadlarni ko'zlovchi ommaviy jamoat harakatlarining qarorlari bilan bog'liq bo'lmaydilar.
Kasaba uyushmalari davlat idoralari, xo'jalik tashkilotlari, kooperativ va o'zga jamoat birlashmalari bilan o'zaro munosabatlarda kasaba uyushmalari to'g'risidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq kasaba uyushmasi a'zolarining ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi manfaatlarini ko'zlab ish olib boradi va ularni himoya qiladi.
Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarining faqat yakka tartibda ro'yxatga olinadigan a'zolari bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun
16-modda. Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari, kasaba uyushmalari
(16-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.