Jamoat birlashmalarining faoliyati ularni qayta tashkil etish (qo'shilish, birlashish, ajralish) yoki tugatish yo'li bilan to'xtatilishi mumkin.
Jamoat birlashmalari ularning s'yezdlari (konferentsiyalari) yoki umumiy yig'ilishlari qarori bilan qaytadan tashkil etiladi. Jamoat birlashmalarini qayta tashkil etgandan so'ng yangidan tuzilgan jamoat birlashmasining ustavi ushbu Qonunning 11-moddasida ko'zda tutilgan tartibda ro'yxatga olinadi.
Jamoat birlashmasi s'yezd (konferentsiya) yoki umumiy yig'ilish qaroriga muvofiq, yoxud ushbu Qonunning 22-moddasida ko'zda tutilgan asoslarga muvofiq va tartibda tugatiladi.
S'yezd (konferentsiya) yoki umumiy yig'ilish qaroriga muvofiq tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki uning ustavida ko'zda tutilgan maqsad yo'lida sarflanadi.
Siyosiy partiyaning faoliyatini tugatish yoki to'xtatib turish «Siyosiy partiyalar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun
14-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatining to'xtatilishi
(14-модда Ўзбекистон Республикасининг 1997 йил 25 апрелдаги 421-I-сон Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Олий Мажлис Ахборотномаси, 1997 й., 4-5-сон, 126-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.