«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun

10-modda. Jamoat birlashmasining ustavi

(10-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Jamoat birlashmasining ustavida quyidagilar ko'zda tutilishi kerak: 1) jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi; 2) jamoat birlashmasining ichki tuzilishi, uning o'z faoliyatini amalga oshiradigan hudud; 3) jamoat birlashmasi a'zoligiga qabul qilish shartlari va tartibi, agar birlashma ro'yxatda qayd etiladigan a'zolarga ega bo'lsa, bunday hollarda undan chiqish shartlari va tartibi; 4) jamoat birlashmasi a'zolari (qatnashchilari)ning huquqlari va burchlari; 5) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlari rahbar idoralarining vakolatlari va ularni tuzish tartibi, ularning vakolat muddati; 6) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlarining mablag'lari va boshqa mol-mulkini hosil qilishning pul bilan ta'minlanish manbalari; 7) jamoat birlashmasining rahbar idorasi qayerda joylashganligi; 8) jamoat birlashmasi ustaviga o'zgartishlar, qo'shimchalar kiritish tartibi; 9) jamoat birlashmasi faoliyatini to'xtatish tartibi. Ustavda jamoat birlashmasi faoliyatiga taalluqli boshqa qoidalar ham ko'zda tutilishi mumkin. Jamoat birlashmasining ustavi amaldagi qonunchilikka zid bo'lmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.