Ishlab chiqaruvchi o'z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste'molchini xabardor qilishi shart. Bunday ma'lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida ko'rsatilgan bo'lishi yoxud boshqa usulda taqdim etilishi lozim.
Sotuvchi (ijrochi) o'z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste'molchilarga ma'lum qilishi shart. Bunday ma'lumot lavhada aks ettirilishi lozim.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma'lumot savdo va xizmat ko'rsatish muvaqqat binolar, yarmarkalar, ko'chma do'konchalar orqali amalga oshirilgan yoki savdo va xizmat ko'rsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashqarida amalga oshirilgan boshqa hollarda ham iste'molchilar e'tiboriga yetkazilishi kerak.
Sotuvchi (ijrochi) iste'molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko'rsatishning qoidalari to'g'risida to'liq ma'lumot berishi shart.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat ko'rsatish qoidalari to'g'risidagi ma'lumot iste'molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma'lumot qo'shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun
5-modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko'rsatish qoidalari to'g'risidagi ma'lumot
(5-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 18 январдаги ЎРҚ-746-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.01.2022 й., 03/22/746/0032-сон — 2022 йил 19 апрелдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.