Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikni buzganligi uchun javobgar bo'ladi.
Ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) mansabdor shaxslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar o'zini o'zi band qilgan shaxslar ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko'rsatilishi shart ekanligi qonunchilikda belgilangan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko'rsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, yaroqlilik muddati o'tgan tovarlarni realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, iste'molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish to'g'risidagi ko'rsatmalarni bajarishdan bo'yin tovlaganlik, o'z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek iste'molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to'g'risida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etganlik, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik, normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste'molchilarga zarar yetkazganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganligi ishlab chiqaruvchilarni (ijrochilarni, sotuvchilarni) yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo'lishi haqidagi talablarga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat)lar tufayli iste'molchilarga zarar yetkazilsa, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo'lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq javobgar bo'ladilar.
lex.uz’dagi asl matn«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun
27-modda. Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(27-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 январдаги ЎРҚ-1021-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.01.2025 й., 03/25/1021/0063-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.