«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

9-modda. Mol-mulkni ipotekaga qo'yish huquqi

(9-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ushbu Qonunning 6-moddasida ko'rsatilgan, ipotekaga qo'yuvchiga mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar yoki shartnomaviy asosda tegishli bo'lgan mol-mulkka ipoteka belgilanishi mumkin. Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zga madaniy qimmati yoxud davlat xavfsizligini ta'minlash manfaatlari nuqtai nazaridan ipoteka qo'llanilishi mumkin bo'lmagan ob'yektlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Agar tasarrufdan chiqarilishi uchun boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoxud ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi bo'lsa, bu mol-mulk ipotekasi uchun shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur. Umumiy birgalikdagi mulk (mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi belgilanmagan holda) bo'lgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan ipotekaga qo'yilishi mumkin. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi o'z ulushini boshqa mulkdorlarning roziligisiz ipotekaga qo'yishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.