«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

7-modda. Ipoteka bilan ta'minlanadigan talablar

Ipoteka ipoteka bilan ta'minlanadigan majburiyat bo'yicha qarzning asosiy summasi ipotekaga oluvchiga to'liq hajmda yoki ipoteka to'g'risidagi shartnomada nazarda tutilgan qismi to'lanishini ta'minlaydi. Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi bo'yicha majburiyatning ijrosini foizlar to'lash sharti bilan ta'minlash uchun belgilangan ipoteka kreditorga (qarz beruvchiga) kreditdan (qarz mablag'laridan) foydalanganligi uchun unga tegishi kerak bo'lgan foizlar ham to'lanishini ta'minlaydi. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipoteka ipotekaga oluvchiga tegishi kerak bo'lgan: ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatni bajarmaganlik, bajarishni kechiktirib yuborganlik yoki o'zga tarzda lozim darajada bajarmaganlik oqibatida kelib chiqqan zararlarning o'rnini qoplaydigan va (yoki) neustoyka (jarima, penya) tariqasidagi summalar; sud chiqimlarini va undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish tufayli kelib chiqqan boshqa xarajatlarni qoplaydigan summalar; garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish xarajatlarini qoplaydigan summalar ham to'lanishini ta'minlaydi. Agar ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta'minlangan talablarining umumiy qat'iy summasi ipoteka to'g'risidagi shartnomada ko'rsatilgan bo'lsa, qarzdorning ipotekaga oluvchi oldidagi majburiyatlarining ana shu summadan ortiq qismi ipoteka bilan ta'minlangan deb hisoblanmaydi, ushbu modda uchinchi qismining ikkinchi va to'rtinchi xatboshilarida yoki ushbu Qonunning 8-moddasida ko'rsatilgan talablar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.