Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, mulkiy majmua sifatidagi butun korxonaning ipotekasida garov huquqi uning tarkibiga kiruvchi barcha mol-mulkka (ko'char va ko'chmas mulkka), talab qilish huquqi va mutlaq huquqni qo'shgan holda, shu jumladan ipoteka davrida olingan shunday huquqlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Xususiy mulkka asoslangan mulkiy majmua sifatidagi butun korxonani ipotekaga qo'yish mulkdor yoxud u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ipotekaga qo'yuvchi korxona ipotekaga oluvchining talabiga binoan unga o'zining yillik hisobotini taqdim etishi shart.
Mulkiy majmua sifatida butun korxona ipotekasi bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, ipotekaga oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini sog'lomlashtirish yuzasidan ipoteka shartnomasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko'rishga, shu jumladan korxonaning boshqaruv organlariga ishlab chiqarilgan mahsulotni hamda korxonaning boshqa mol-mulkini tasarruf etish huquqi cheklangan vakillar tayinlashga haqli.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kutilgan natijalarni bermagan taqdirda, ipotekaga oluvchi undiruvni ipotekada turgan korxonaga ushbu Qonunda belgilangan tartibda qaratishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
58-modda. Korxona ipotekasi
(Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонунига асосан 58-модданинг учинчи қисмининг чиқарилиш санаси 2025 йил 8 май — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.