Ipoteka to'g'risidagi shartnomaga ko'ra garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa, undan bu mol-mulkka undiruv qaratilishi va mol-mulk realizatsiya qilinishi munosabati bilan qilingan xarajatlarni qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan keyin, o'z talablari undirilishini so'ragan ipotekaga oluvchilar, ipotekaga qo'yuvchining boshqa kreditorlari va ipotekaga qo'yuvchining o'zi o'rtasida taqsimlanadi.
Sud qarorlarining ijrosini amalga oshiruvchi organ yoki, agar undiruv garovga qo'yilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilgan bo'lsa, auktsion tashkilotchisi garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan tushumni qonunda nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlaydi. Bunda kimoshdi savdosini yoki auktsionni o'tkazish uchun qilingan chiqimlar va xarajatlarning o'rnini qoplash boshqa barcha qolgan talablarni qoplashdan oldin navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
50-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summalarni taqsimlash tartibi
(50-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 октябрдаги ЎРҚ-572-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й., 03/19/572/3943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.