«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

40-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish usullari

(40-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan, ushbu Qonunga muvofiq sudning qaroriga binoan undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish orqali realizatsiya qilinadi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sud undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish to'g'risida qaror qabul qilar ekan, ipotekaga qo'yuvchi va ipotekaga oluvchining roziligi bilan garovga qo'yilgan mol-mulk auktsionda sotish orqali realizatsiya qilinishi kerakligini belgilab qo'yishi mumkin. Garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishning ayni shunday usuli ipotekaga qo'yuvchi va ipotekaga oluvchi tomonidan ipoteka to'g'risidagi shartnomada yoki ushbu Qonun 37-moddasining birinchi qismiga muvofiq tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvda nazarda tutilishi mumkin. Garovga qo'yilgan mol-mulkni ushbu Qonun 37-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda auktsionda sotish orqali realizatsiya qilishga yo'l qo'yilmaydi. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkni auktsionda sotish tartibi O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va ushbu Qonunga, agar ularda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ipoteka to'g'risidagi shartnoma yoki ipotekaga qo'yuvchining ipotekaga oluvchi bilan tuzilgan notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga muvofiq belgilanadi. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish bo'yicha kimoshdi savdolari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda elektron onlayn-auktsion shaklida o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.