Ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnoma bo'yicha ipotekaga oluvchining talablari ipoteka to'g'risidagi oldingi shartnomalar bo'yicha ipotekaga oluvchilarning talablari qanoatlantirilganidan keyin, garovga qo'yilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantiriladi.
Undiruv garovga qo'yilgan mol-mulkka navbatdagi ipoteka bilan ta'minlangan talablar bo'yicha qaratilgan taqdirda, bir vaqtning o'zida oldingi ipoteka bilan ta'minlangan, undiruvga taqdim etish muddati hali kelmagan talablar bo'yicha ham ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarish talab qilinishi va undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi mumkin. Agar ipoteka to'g'risidagi oldingi shartnoma bo'yicha ipotekaga oluvchi bu huquqdan foydalanmagan bo'lsa, navbatdagi ipoteka bilan ta'minlangan talablar bo'yicha undiruv qaratilgan mol-mulk oldingi ipotekaga doir huquq va majburiyatlar bilan birga uni oluvchiga o'tadi.
Oldingi ipoteka bilan ta'minlangan talablar bo'yicha undiruv garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratilgan taqdirda, bir vaqtning o'zida undiruvga taqdim etish muddati hali kelmagan, navbatdagi ipoteka bilan ta'minlangan talablar bo'yicha ham bu mol-mulkka undiruv qaratilishiga yo'l qo'yiladi. Agar oldingi ipoteka bilan ta'minlangan talablar qanoatlantirilishi uchun undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkning bir qismiga qaratish yetarli bo'lsa, navbatdagi ipoteka bilan ta'minlangan talablar muddatidan oldin qanoatlantirilmaydi.
Undiruvga o'z talablarini taqdim etish niyatida bo'lgan ipotekaga oluvchi bu haqda o'sha mol-mulkning ipotekasi to'g'risidagi boshqa shartnoma bo'yicha ipotekaga oluvchini oldingi va navbatdagi ipotekalar bo'yicha talablar garov bilan ta'minlangan mol-mulkka undiruv qaratilguniga qadar yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Agar oldingi va navbatdagi ipotekalar bo'yicha ipotekaga oluvchi aynan o'sha shaxsning o'zi bo'lsa, ushbu moddadagi qoidalar qo'llanilmaydi. Bu holda ipotekalarning har biri bilan ta'minlangan talablar, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, tegishli majburiyatlarni bajarish muddatlariga muvofiq navbati bilan qanoatlantiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
32-modda. Oldingi va navbatdagi ipotekalar bo'yicha ipotekaga oluvchilarning talablarini qanoatlantirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.