«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

30-modda. Ipotekaga oluvchilarni oldingi va navbatdagi ipotekalar to'g'risida ogohlantirish. Ipoteka to'g'risidagi oldingi shartnomani o'zgartirish

Ipotekaga qo'yuvchi har bir navbatdagi ipotekaga oluvchiga u bilan ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnoma tuzilguniga qadar mazkur mol-mulkning bungacha amal qilib turgan barcha ipotekalari to'g'risidagi ma'lumotlarni ma'lum qilishi shart. Ipotekaga qo'yuvchi ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnoma tuzilganidan keyin darhol bu haqda oldingi ipotekalar bo'yicha ipotekaga oluvchilarni yozma shaklda xabardor qilishi va ularning talabiga asosan ularga navbatdagi ipoteka haqidagi ma'lumotlarni ma'lum qilishi shart. Ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnoma tuzilganidan keyin oldingi shartnomani o'zgartirishga, agar ipoteka to'g'risidagi oldingi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, faqat navbatdagi shartnoma bo'yicha ipotekaga oluvchining roziligi bilan yo'l qo'yiladi. Agar ipoteka to'g'risidagi oldingi va navbatdagi shartnomalarda taraflar ayni o'sha shaxslarning o'zi bo'lsa, ushbu moddaning qoidalari qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.