Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida, shu jumladan yuridik shaxs qayta tashkil etilishi natijasida bu mol-mulkni olgan shaxs ipotekaga qo'yuvchining o'rnini egallaydi va uning ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha barcha majburiyatlarini, shu jumladan dastlabki ipotekaga qo'yuvchi tomonidan lozim darajada bajarilmagan majburiyatlarni ham o'z zimmasiga oladi. Yangi ipotekaga qo'yuvchi faqat ipotekaga oluvchi bilan kelishuvga ko'ra, ushbu majburiyatlarning biron-biridan ozod qilinishi mumkin.
Agar ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan asoslarga ko'ra bir necha shaxsga o'tgan bo'lsa, dastlabki ipotekaga qo'yuvchi huquqiy vorislarining har biri ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatni bajarmaganlikning ipoteka munosabatlaridan kelib chiqadigan oqibatlarini garovga qo'yilgan mol-mulkning o'ziga o'tgan qismiga mutanosib ravishda o'z zimmasiga oladi. Agar ipoteka narsasi bo'linmas bo'lsa yoki boshqa asoslarga ko'ra ipotekaga qo'yuvchi huquqiy vorislarining umumiy mulki bo'lib qolsa, huquqiy vorislar solidar ipotekaga qo'yuvchilarga aylanadilar.
Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha mol-mulk garovi, bu mol-mulk boshqa shaxslarga o'tkazilayotganida bunday o'tkazish uchun belgilangan biron-bir qoida buzilgan-buzilmaganligidan qat'i nazar, o'z kuchini saqlab qoladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
25-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkka bo'lgan huquqlar boshqa shaxsga o'tkazilganida ipotekaning saqlanib qolishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.