Garov xatining qonuniy egasi shartnomada yoki qonunchilikda nazarda tutilgan o'z huquqlarini amalga oshirayotganda garov xatini tegishli huquq qaysi shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan bo'lsa, shu majburiyatli shaxsga (qarzdorga yoki ipotekaga qo'yuvchiga) uning talabiga binoan ko'rsatishi shart, bundan:
hujjatli garov xati notarius depozitiga topshirilgan;
hujjatli garov xati garovga oluvchiga o'tkazilgan holda garovga qo'yilgan;
garov xati elektron tarzda rasmiylashtirilgan hollar mustasno.
Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat to'liq bajarilganidan keyin hujjatli garov xatini ipotekaga qo'yuvchiga topshirishi, majburiyat qismlarga bo'lib bajarilgan hollarda esa, uning qisman bajarilishini ipotekaga qo'yuvchi uchun yetarli va hujjatli garov xatiga kelgusida egalik qilish ehtimoli bo'lganlar uchun yaqqol ko'rinib turadigan usulda yoki hujjatli garov xatida majburiyatning qisman bajarilganligi haqida yozib qo'yish orqali tasdiqlashi shart.
Elektron garov xati bilan ta'minlangan majburiyatlar to'liq yoki qisman bajarilgan taqdirda garov xatining qonuniy egasi elektron garov xati bo'yicha majburiyat to'liq yoki qisman bajarilganligi fakti to'g'risida yozuv kiritish uchun «Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» aktsiyadorlik jamiyatiga murojaat qilishi shart.
Hujjatli garov xatining ipotekaga oluvchida turishi yoxud garov xatida ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat qisman bajarilganligi haqida belgi yoki boshqacha tarzdagi tasdiqnoma yo'qligi, agar o'zgacha hol isbotlanmagan bo'lsa, bu majburiyat yoki tegishincha uning qismi bajarilmaganligidan dalolat beradi.
Qarzdor o'z huquqlarini tasdiqlash uchun elektron garov xatining qonuniy egasidan «Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» aktsiyadorlik jamiyati tomonidan belgilangan tartibda berilgan va tasdiqlangan garov xati egasining depo hisobvarag'idan ko'chirmani talab qilishga haqli.
Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor o'z qarzini to'liq hajmda yoki garov xati bo'yicha o'z majburiyatlarini garov xatining qonuniy egasiga yoki garov xatining qonuniy egasi tomonidan shu garov xati bo'yicha huquqlarni amalga oshirish uchun vakil qilingan shaxsga qarzni uzish rejasiga muvofiq bajarilishi lozim bo'lgan qismini uzadi.
Garov xati garovida garov xati notarius depozitiga topshirilgan taqdirda, ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor qarzni notarius depozitiga kiritgan holda o'z majburiyatini bajaradi.
Garov xati bo'yicha majburiyatli shaxs garov xatini ko'rsatuvchiga garov xati bo'yicha uning huquqlari amalga oshirilishini rad etishga quyidagi hollarda haqli, agar:
mazkur garov xati bo'yicha huquqlardan o'zganing foydasiga voz kechish to'g'risidagi bitimni haqiqiy emas deb topish yoki bu bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari qo'llanilishi haqidagi da'vo ko'rib chiqish uchun sud tomonidan qabul qilingan bo'lsa;
ko'rsatilgan hujjatli garov xati uning qonuniy egasi tomonidan yo'qotilganligi va hujjatli garov xatining dublikati berilganligi munosabati bilan yoxud hujjatli garov xatini yoki uning dublikatini berish tartibi hujjatli garov xati bo'yicha majburiyatli shaxslar javob bermaydigan tarzda buzilganligi munosabati bilan haqiqiy bo'lmasa.
Agar o'zgacha hol isbotlanmagan yoki ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, hujjatli garov xatining u bo'yicha majburiyatli shaxslardan istalgan birida yoki ro'yxatdan o'tkazuvchi organda turganligi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bajarilganligidan dalolat beradi. Hujjatli garov xati qaysi shaxsning egaligiga o'tib qolsa, o'sha shaxs garov xatining boshqa majburiyatli shaxslarini bu haqda darhol yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Ushbu Qonunga muvofiq hujjatli garov xati bekor qilingan hollarda, ro'yxatdan o'tkazuvchi organ hujjatli garov xatini olishi bilan darhol uning yuz tarafiga «qarz uzilgan» degan muhrni bosish orqali yoki hujjatli garov xatining muomalada bo'lishi imkoniyatiga yo'l qo'yilmaydigan boshqacha tarzda uni bekor qiladi, bundan hujjatli garov xatini yo'q qilish mustasno.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
20-modda. Garov xati bo'yicha huquqlarni amalga oshirish va ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatni bajarish
(20-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 12 февралдаги ЎРҚ-1028-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.02.2025 й., 03/25/1028/0138-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.