Hujjatli garov xatining qonuniy egasi familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini, agar garov xatining qonuniy egasi yuridik shaxs bo'lsa, uning nomi va joylashgan yerini (pochta manzilini) ko'rsatgan holda, o'zining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda ro'yxatga olinishini ro'yxatdan o'tkazuvchi organdan talab qilishga haqlidir.
Garov xatining qonuniy egasidan u ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risida lozim darajada tasdiqlangan isbotlovchi hujjat ilova qilingan holda xabarnoma olgan, ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor mazkur majburiyat bo'yicha oraliq to'lovlarni har safar garov xati o'ziga ko'rsatilishini talab qilmasdan amalga oshirishi shart. Qarzdorning mazkur garov xati egasi oldidagi bunday majburiyati, garov xati bo'yicha o'z huquqlaridan garov xatining egasi foydasiga voz kechilganligi to'g'risida xabarnoma olgach, vujudga keladi.
Garov xatining qonuniy egasi to'g'risidagi qayd yozuvi, garov xati taqdim etilgan taqdirda, ariza beruvchi ro'yxatdan o'tkazuvchi organga murojaat etgan paytdan e'tiboran bir ish kuni ichida quyidagilar:
garov xati bo'yicha huquqni ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq boshqa shaxsga o'tkazish hamda garov xatiga belgi qo'yish asosida, agar bunday yozuvni kiritgan shaxs garov xatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi bo'lgan bo'lsa, garovga o'tkazishga doir maxsus yozuv uning nomiga yozilgan, u garov xatini ushbu Qonunning 35-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan tartibda sotgan bo'lsa;
garov xati bo'yicha huquqlar yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaxslarga o'tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
garov xati bo'yicha huquqlar ariza beruvchiga tegishli deb topilganligi to'g'risidagi sud qarori asosida amalga oshirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
19-modda. Garov xatining qonuniy egalarini ro'yxatdan o'tkazish
(19-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 12 февралдаги ЎРҚ-1028-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.02.2025 й., 03/25/1028/0138-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.