«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

16-modda. Garov xatining mazmuni

(16-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 12 февралдаги ЎРҚ-1028-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.02.2025 й., 03/25/1028/0138-сон)

Garov xatida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: hujjat nomiga kiritilgan «garov xati» degan so'z; ipotekaga qo'yuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar ipotekaga qo'yuvchi yuridik shaxs bo'lsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar ipotekaga oluvchi yuridik shaxs bo'lsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); majburiyatning bajarilishi ipoteka bilan ta'minlanadigan shartnomaning mazkur shartnoma tuzilgan sana va joy yoki ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning vujudga kelishi asoslari ko'rsatilgan rekvizitlari; ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdorning, agar u ipotekaga qo'yuvchi bo'lmasa, familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar qarzdor yuridik shaxs bo'lsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat summasi va, agar shu majburiyat bo'yicha foizlar to'lanishi kerak bo'lsa, ularning miqdori yoxud bu summa va foizlarni lozim paytda aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar; ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat summasi to'lanadigan muddat, agar bu summa qismlarga bo'lib to'lanishi lozim bo'lsa, tegishli to'lovlarning muddatlari (davriyligi) hamda ulardan har birining miqdori yoki to'lovlarning ana shu muddatlari va miqdorlarini aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar (qarzni uzish rejasi); ipoteka belgilangan ko'chmas mulkning nomi va uni identifikatsiya qilish uchun yetarli tavsifi hamda shunday mulk turgan joy; ipoteka belgilangan ko'chmas mulkning pulda ifodalangan qiymati; ipoteka narsasi bo'lgan ko'chmas mulk ipotekaga qo'yuvchiga tegishliligiga sabab bo'lgan huquq va davlat ro'yxatidan o'tkazish raqami, sanasi va joyi ko'rsatilgan holda ro'yxatdan o'tkazuvchi organning nomi, agar ipotekaga qo'yuvchiga tegishli ijara huquqi ipoteka narsasi bo'lsa, ushbu qismning to'qqizinchi xatboshisiga muvofiq ijara narsasi bo'lgan shunday mol-mulkning nomi va shu huquqning amal qilish muddati; ipoteka narsasi bo'lgan ko'chmas mulkka garov, yer uchastkasiga bo'lgan huquqlar, servitut yoki boshqa huquq yuklanganligi yoxud ipoteka davlat ro'yxatidan o'tkazilayotgan paytda mazkur mulkka uchinchi shaxslarning davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim bo'lgan hech qanday huquq yuklanmaganligi to'g'risidagi ma'lumotlar; ipotekaga qo'yuvchining imzosi, agar u uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) bo'lsa, shuningdek ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdorning ham imzosi; ipoteka davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar; dastlabki ipotekaga oluvchiga garov xati berilgan sana. Qonun asosidagi ipotekada garov xati berilgan taqdirda, ushbu qismning o'n birinchi xatboshisida ko'rsatilgan ma'lumotlarni garov xatiga kiritish ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan ta'minlanadi; garov xatining identifikatsiya raqami, shu jumladan elektron garov xati uchun QR-kod (matritsali shtrix kod). Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan ma'lumotlar va shartlardan biron-biri mavjud bo'lmaganda garov xati ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtirilmaydi. Ipotekaga qo'yuvchi va ipotekaga oluvchi o'rtasidagi kelishuvga binoan garov xatiga ushbu moddada nazarda tutilmagan ma'lumotlar va shartlar ham kiritilishi mumkin. Hujjatli garov xatining o'zida yangi egalik qiluvchilar va ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat qisman bajarilganligi haqida belgilar (garovga o'tkazishga doir maxsus yozuv) qo'yish yoxud boshqa zarur ma'lumotlarni yozish uchun joy yetarli bo'lmaganda hujjatli garov xatiga qo'shimcha varaq biriktiriladi, undagi yozuvlar va belgilar hujjatli garov xatida boshlanib, ushbu varaqda tugaydigan tarzda joylashtiriladi. Hujjatli garov xatining barcha varaqlari bir butun hujjatni tashkil etadi. Ularga tartib raqamlari qo'yilgan va ular ro'yxatdan o'tkazuvchi organning muhri bilan muhrlangan bo'lishi kerak. Hujjatli garov xatining alohida varaqlari bitimlar narsasi bo'lishi mumkin emas. Garov xati mazmuni ipoteka to'g'risidagi shartnomaga yoki majburiyati ipoteka bilan ta'minlangan shartnomaga nomuvofiq bo'lgan taqdirda, agar garov xatini oluvchi bitim tuzilayotgan paytda bunday nomuvofiqlik haqida bilmagan va bilishi lozim ham bo'lmagan bo'lsa, garov xatining mazmuni haqiqiy deb hisoblanadi. Bu qoida garov xatining qonuniy egasi dastlabki ipotekaga oluvchi bo'lgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Garov xatining qonuniy egasi ushbu moddaning oltinchi qismida ko'rsatilgan nomuvofiqlik o'z egaligidagi garov xatini bekor qilish va shu bilan bir vaqtda yangi garov xati berish orqali bartaraf etilishini talab qilishga, agar bu talab garov xatining qonuniy egasiga bunday nomuvofiqlik haqida ma'lum bo'lganidan keyin darhol bildirilgan bo'lsa, haqlidir. Ushbu moddaning oltinchi qismida ko'rsatilgan nomuvofiqlik va uni bartaraf etish bilan bog'liq holda vujudga kelgan zararlar uchun javobgarlik garov xatini bergan ro'yxatdan o'tkazuvchi organ zimmasida bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.