«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

10-modda. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma

(10-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma ushbu Qonun va boshqa qonunchilikning qoidalariga rioya etilgan holda tuziladi. Ipoteka to'g'risidagi shartnomada nomi, turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi ko'rsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan ta'minlanadigan majburiyatni bajarish muddati va garovga qo'yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi, shuningdek taraflar kelishuvga erishgan boshqa ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Ipoteka to'g'risidagi shartnomada ipoteka narsasi bo'lgan mol-mulk ipotekaga qo'yuvchiga qaysi huquqqa ko'ra tegishli ekanligi va ipotekaga qo'yuvchining bu huquqini ro'yxatdan o'tkazgan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organning (bundan buyon matnda ro'yxatdan o'tkazuvchi organ deb yuritiladi) nomi ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Agar garovga qo'yuvchiga tegishli ijara huquqi garov narsasi bo'lsa, ijaraga olingan mol-mulk aynan uning o'zi ipoteka narsasi bo'lgandagi kabi garov shartnomasida belgilanishi va ijara muddati ko'rsatilishi kerak. Ipoteka narsasini baholash ipotekaga qo'yuvchi bilan ipotekaga oluvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra yoki baholash faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ipoteka narsasini baholashdan o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Ipoteka bilan ta'minlanadigan majburiyat ipoteka to'g'risidagi shartnomada uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati belgilangan holda ko'rsatilishi kerak. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi ko'rsatilishi kerak. Agar ipoteka bilan ta'minlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim bo'lsa, ipoteka to'g'risidagi shartnomada ipoteka bilan ta'minlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlari ko'rsatilishi kerak. Agar ipoteka bilan ta'minlanadigan majburiyat qismlarga bo'lib bajarilishi lozim bo'lsa, ipoteka to'g'risidagi shartnomada tegishli to'lovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu miqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar ko'rsatilishi kerak. Agar ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlangan bo'lsa, bu ipoteka to'g'risidagi shartnomada ko'rsatib o'tiladi, qonun asosidagi ipotekada garov xati berilishi hollari bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.