Iqtisodiy protsessual kodeksi

96-modda. Da'voni ta'minlash to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish

Da'vo arizasi bilan birga berilgan da'voni ta'minlash to'g'risidagi ariza da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo'zg'atish to'g'risidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan ko'rib chiqiladi. Da'voni ta'minlash to'g'risidagi ariza sud majlisida berilgan taqdirda, u shu majlisda ko'rib chiqilishi lozim. Agar da'voni ta'minlash to'g'risidagi ariza ishni yuritish jarayonida berilgan bo'lsa, u kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan ko'rib chiqiladi. Da'voni ta'minlash to'g'risidagi arizani ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqarilib, uning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Da'voni ta'minlash haqidagi yoki da'voni ta'minlashni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini to'xtatib qo'ymaydi. Hakamlik sudida ko'rilayotgan da'voni ta'minlash to'g'risidagi ariza kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmagan holda ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.