Iqtisodiy protsessual kodeksi

94-modda. Da'voni ta'minlash choralari

Quyidagilar da'voni ta'minlash choralari bo'lishi mumkin: 1) javobgarga tegishli mol-mulkni yoki pul mablag'larini xatlab qo'yish; 2) javobgarga muayyan harakatlarni bajarishni taqiqlash; 3) boshqa shaxslarga nizo predmetiga aloqador bo'lgan muayyan harakatlarni bajarishni taqiqlash; 4) da'vogar nizolashayotgan, undirish so'zsiz (aktseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat bo'yicha undirishni to'xtatib turish; 5) mol-mulkni xatlashdan ozod qilish to'g'risidagi ariza ko'rib chiqilgan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilishni to'xtatib turish; 6) nizoli mol-mulk buzilishining, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklatish; 7) nizoli mol-mulkni uchinchi shaxsga (saqlovchiga) o'tkazish. Sud da'voni ta'minlash bo'yicha boshqa choralarni ko'rishi mumkin, shuningdek da'voni ta'minlash bo'yicha bir vaqtning o'zida bir nechta chora ko'rilishi mumkin. Da'voni ta'minlash choralari bildirilgan talabga mutanosib bo'lishi kerak. Da'voni ta'minlash choralari ko'rilayotganda sud javobgarga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararning o'rnini javobgarning iltimosnomasiga ko'ra qoplashni ta'minlash choralarini ko'rishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.