Iqtisodiy protsessual kodeksi

82-modda. Qo'shimcha va takroriy ekspertizalar

Qo'shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo'shliqlarni to'ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o'tkaziladi. Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslanmagan bo'lsa yoki uning to'g'riligiga shubha tug'ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o'tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda takroriy ekspertiza tayinlanadi. Takroriy ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo'llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to'g'risidagi masala qo'yilishi mumkin. Takroriy ekspertizani tayinlash to'g'risidagi ajrimda takroriy ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga rozi emasligi sabablari ko'rsatilishi lozim. Takroriy ekspertizani o'tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani o'tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy ekspertizani o'tkazishda hozir bo'lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.