Iqtisodiy protsessual kodeksi

79-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish

Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ashyoviy dalillar kimdan olingan bo'lsa, o'sha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan bo'lsa, o'sha shaxslarga beriladi yoxud sud belgilaydigan boshqa tartibda realizatsiya qilinadi. Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni ko'zdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin, agar ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berishni iltimos qilgan bo'lsa va bunday iltimosnomaning qanoatlantirilishi nizoning to'g'ri hal etilishiga zarar keltirmasa, ular kimdan olingan bo'lsa, o'sha shaxslarga ishni yuritish jarayonida qaytarib berilishi mumkin. Sud ashyoviy dalillarni qaytarish masalalari yuzasidan ajrim chiqaradi. Qonunga muvofiq ayrim shaxslarning egaligida turishi mumkin bo'lmagan ashyolar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.