Elektron ma'lumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma'lumotlardir.
Ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar elektron ma'lumotlarni ushbu ma'lumotlarning ko'chirma nusxasini elektron jismdan elektron ma'lumotlar mavjud bo'lgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli.
Sud taqdim etilgan elektron ma'lumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib oladi xamda elektron ma'lumotlar mavjud bo'lgan birlamchi elektron jismni ko'zdan kechiradi.
Ish uchun ahamiyatga ega bo'lmagan elektron ma'lumotlar mavjud bo'lgan elektron jismlar egalariga darhol qaytarib beriladi.
lex.uz’dagi asl matn76¹-modda. Elektron ma'lumotlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.