Iqtisodiy protsessual kodeksi

70-modda. Dalillarni ular turgan joyda ko'zdan kechirish va tekshirish

(70-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Sudga olib kelish imkoniyati bo'lmagan yoki olib kelinishi qiyin bo'lgan dalillarni, shuningdek tez buziladigan ashyoviy dalillarni sud ular turgan joyda ko'zdan kechirishi va tekshirishi mumkin. Dalillarni ular turgan joyda ko'zdan kechirish va tekshirish to'g'risida ajrim chiqariladi. Zarur hollarda, dalillarni ko'zdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin. Tez buziladigan ashyoviy dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan darhol ko'zdan kechirilishi va tekshirilishi mumkin. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni ular turgan joyda bevosita ko'zdan kechirish va tekshirish jarayonida ushbu Kodeksning 201-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan bayonnoma tuziladi. Dalillarni mustahkamlash uchun bayonnoma tuzish bilan birga audio-, videoyozuvga olish, fotosuratga tushirish, ko'chirma nusxalar, rejalar, chizmalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo'llanilishi mumkin. Dalillarni mustahkamlashning bunday usuli qo'llanilganligi bayonnomada aks ettiriladi, ma'lumotlarni aks ettiruvchi materiallar bayonnomaga ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.