Iqtisodiy protsessual kodeksi

68-modda. Isbotlash majburiyati

Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o'z talablari va e'tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Yuridik shaxslar va fuqarolarga nisbatan huquqiy ta'sir choralarini qo'llash (bundan buyon matnda huquqiy ta'sir choralari deb yuritiladi) to'g'risidagi ishlar ko'rib chiqilayotganda huquqiy ta'sir choralarini qo'llash uchun asos bo'lgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi. Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o'z talablari va e'tirozlariga asos qilib keltirayotgan dalillarni ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldida, agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, sud majlisi boshlanguniga qadar yoki sud belgilagan muddat doirasida ochib berishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar faqat ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldindan tanishtirilgan dalillarga asoslanishga haqli. Agar taraf sud tomonidan talab etilayotgan dalilni o'zida ushlab turgan va sud so'rovi bilan belgilangan muddatda uni taqdim etmayotgan bo'lsa, undagi ma'lumotlar shu taraf manfaatlariga qarshi qaratilgan deb taxmin qilinadi va u tomonidan tan olingan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.