Ish bo'yicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi ma'lumotlar bo'lib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va e'tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'lgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday ma'lumotlar ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning ko'rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn66-modda. Dalillar tushunchasi va ularning turlari
(66-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.