Iqtisodiy protsessual kodeksi

53-modda. Guvoh

(53-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 16 майдаги ЎРҚ-769-сонли Қонунига асосан учинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.05.2022 й., 03/22/769/0421-сон)

Sudning nizoni to'g'ri hal etishi uchun ahamiyatga ega ma'lumotlar va holatlardan xabardor har qanday shaxs guvoh bo'lishi mumkin. Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va so'roq qilinishi mumkin emas: fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy ish bo'yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo'yicha himoyachilar, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha advokatlar, mediatorlar — vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan o'zlariga ma'lum bo'lib qolgan holatlar to'g'risida; arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari — arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o'zlariga ma'lum bo'lib qolgan holatlar to'g'risida; jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni to'g'ri idrok qilishga yoki ular haqida to'g'ri ko'rsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.