Iqtisodiy protsessual kodeksi

44-modda. Ishda bir necha da'vogar va javobgarning ishtirok etishi

(44-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Da'vo bir necha da'vogar (sherik da'vogarlar) tomonidan birgalikda yoki bir necha javobgarga (sherik javobgarlarga) nisbatan taqdim etilishi mumkin. Da'vogarlar va javobgarlarning har biri boshqa tarafga nisbatan sud protsessida mustaqil ishtirok etadi. Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin. Boshqa javobgarning ishtirokisiz ishni ko'rish mumkin bo'lmagan taqdirda, birinchi instantsiya sudi hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da'vogarning (da'vogarlarning) roziligi bilan o'sha javobgarni (javobgarlarni) ishda ishtirok etish uchun jalb etadi. Agar qonunchilikda ishda boshqa javobgar ishtirokining majburiyligi nazarda tutilgan bo'lsa, sud shu javobgarni ishda ishtirok etish uchun o'z tashabbusi bilan jalb etadi. Sud da'vogarning iltimosnomasi bo'yicha ham boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etishga haqli. Boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish yoki jalb etishni rad qilish to'g'risida ajrim chiqariladi. Boshqa javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb etilganda ishni ko'rish boshidan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.