Iqtisodiy protsessual kodeksi

39-modda. Ishni bir suddan boshqasiga o'tkazish

Sud tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etilgan holda o'z ish yurituviga qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa sudning sudloviga tegishli bo'lib qolsa ham, o'zi tomonidan mazmunan ko'rilishi kerak. Sud ishni quyidagi hollarda boshqa sudga o'tkazadi, agar: 1) ish sudlovga tegishlilik qoidalarini buzgan holda qabul qilinganligi ishni shu sudda ko'rish chog'ida ma'lum bo'lsa; 2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan keyin ularni mazkur sudda almashtirish mumkin bo'lmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda ko'rish mumkin bo'lmay qolgan boshqa hollarda. Ishni boshqa sudda ko'rishga o'tkazish to'g'risida ajrim chiqariladi. Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda ko'rish uchun qabul qilib olinishi kerak. O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy sudlar o'rtasida sudlovga tegishlilik to'g'risida nizolarga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.