Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini o'tkazib yuborgan undiruvchi ijro varaqasini bergan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Muddatni o'tkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, o'tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash to'g'risidagi arizasi u sudga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oylik muddatda sud majlisida ko'rib chiqiladi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida ariza kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi.
Arizani ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi, uning ko'chirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn340-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o'tkazib yuborilgan muddatini tiklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.