Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) ariza ushbu Kodeksning 328 va 329-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilgan bo'lsa;
2) ariza belgilangan muddat tugaganidan so'ng berilgan bo'lsa va uni tiklash to'g'risida iltimosnoma mavjud bo'lmasa;
3) ariza berishning o'tkazib yuborilgan muddatini tiklash sabablari uzrsiz deb hisoblanib, shunga ko'ra ariza berishning o'tkazib yuborilgan muddatini tiklashga asos mavjud bo'lmasa.
Arizani qaytarish to'g'risida ajrim chiqariladi.
Arizani qaytarish to'g'risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko'rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn331-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani qaytarish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.