Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rish natijalari bo'yicha sud qaror qabul qiladi, qaror ishni ko'rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Ishni taftish tartibida ko'rgan sudning qarorida quyidagilar ko'rsatiladi:
1) qarorni qabul qilgan sudning nomi va tarkibi, sud majlisining kotibi;
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari mazmunining qisqacha bayoni;
6) shikoyatda (protestda) keltirilgan sud hujjatlarining qonuniyligini va asosliligini tekshirish to'g'risida talab bildirilishiga doir asoslar;
7) shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
8) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo'lgan shaxslarning tushuntirishlari;
9) sud tomonidan aniqlangan ish holatlari;
10) ishni ko'rgan sudning o'z xulosalariga kelishiga sabab bo'lgan vajlar, sud amal qilgan qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havola;
11) shikoyatni (protestni) ko'rish natijalari bo'yicha sud xulosalari;
12) agar ish yangidan ko'rish uchun yuborilayotgan bo'lsa, sud tomonidan bajarilishi kerak bo'lgan harakatlar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlisida raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ishni taftish tartibida ko'rgan sudning qarori qabul qilingan kundan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).
lex.uz’dagi asl matn324⁹-modda. Ishni taftish tartibida ko'rgan sudning qarori
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.