Iqtisodiy protsessual kodeksi

324²-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni tugatish

Ishni taftish tartibida ko'rayotgan sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: 1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa; 2) shikoyat (protest) Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilmagan sud hujjati ustidan, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga Qoraqalpog'iston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida taftish tartibida ko'rilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa; 3) shikoyat (protest) taftish tartibida ushbu sud tomonidan ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa; 4) shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to'g'risida ariza kelib tushgan bo'lsa; 5) protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin protest keltirgan shaxs yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxs tomonidan protestni chaqirib olish to'g'risida ariza kelib tushgan bo'lsa; 6) shikoyat (protest) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo'lgan yuridik shaxs tugatilgan bo'lsa; 7) shikoyat (protest) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo'lgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risida ajrim chiqariladi, uning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo'yicha taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.