Iqtisodiy protsessual kodeksi

295-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish

(295-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so'ng uning imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan yoki mansab mavqei yoki familiyasi, ismi, otasining ismi ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instantsiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldiradi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish to'g'risida sud ajrim chiqaradi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish to'g'risidagi sud ajrimi ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish uchun asos bo'lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.