Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz ko'rilgan ish bo'yicha ushbu Kodeks 282-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar murojaatlarining ko'chirma nusxalari ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ishlar mustasno.
Da'vo arizasini qaytarish haqidagi, da'vo arizasini qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan, qabul qilish rad etilgan da'vo arizasi va uni sudga taqdim etishda unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn288-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
(288-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.