Iqtisodiy sud:
1) tuzilishi majburiyligi qonunda nazarda tutilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to'g'risidagi;
2) shartnoma taraflari tomonidan ko'rib chiqilishi sudga o'tkazilishi kelishilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqidagi;
3) shartnomani o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risidagi;
4) bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi;
5) majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi to'g'risidagi;
6) mulk huquqini tan olish haqidagi;
7) mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsning g'ayriqonuniy egaligidan talab qilib olish to'g'risidagi;
8) intellektual faoliyat ob'yektlari va fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga mulkiy huquqlari buzilganligi haqidagi;
9) mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan holda buzilganligi to'g'risidagi;
9¹) o'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi;
10) zararning o'rnini qoplash haqidagi;
11) ishchanlik obro'sini himoya qilish to'g'risidagi;
12) undirish so'zsiz (aktseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish haqidagi, bundan ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talab bo'yicha ijro hujjati yoki boshqa hujjat mustasno;
13) agar qonunda jarimalarni so'zsiz (aktseptsiz) tartibda undirish nazarda tutilmagan bo'lsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolardan jarimalar undirish to'g'risidagi;
14) nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlari talablarini buzgan holda so'zsiz (aktseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablag'larini byudjetdan qaytarish haqidagi nizolarni hal etadi.
Sud qonun bilan o'zining vakolatiga kiritilgan boshqa nizolarni ham hal qiladi.
lex.uz’dagi asl matn26-modda. Iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolar
(26-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 15 ноябрдаги ЎРҚ-997-сонли Қонунига асосан 9¹-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.11.2024 й., 03/24/997/0923-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.