Iqtisodiy protsessual kodeksi

252-modda. Chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 1) chet el arbitrajining hal qiluv qarori yoki uning chet davlat yoki O'zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan ko'chirma nusxasi; 2) arbitraj muhokamasi to'g'risidagi bitimning asli yoki uning chet davlatning yoki O'zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan ko'chirma nusxasi; 3) hal qiluv qarori qisman ijro etilganligi to'g'risidagi hujjat, agar u ilgari tegishli chet davlat hududida ijro etilgan bo'lsa; 4) o'ziga qarshi hal qiluv qarori qabul qilingan va protsessda ishtirok etmagan taraf ishni ko'rish vaqti hamda joyi to'g'risida o'z vaqtida va tegishli tartibda xabardor qilinganligini anglatuvchi hujjat; 5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat; 6) chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaning ko'chirma nusxasi qarzdorga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat; 7) agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar; 8) agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu moddaning 1 — 5-bandlarida ko'rsatilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.