Iqtisodiy sudga:
1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan fuqarolar, shuningdek korporativ nizolar bo'yicha ishlar ko'rilayotganda taraflar bo'lgan fuqarolar (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) o'rtasidagi fuqaroviy, ma'muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar;
2) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, o'zgarishi yoki bekor bo'lishi uchun ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) to'g'risidagi ishlar;
3) to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishlar;
4) hakamlik muhokamasi bilan bog'liq ishlar;
4¹) arbitraj muhokamasi bilan bog'liq ishlar;
4²) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ishlar;
5) ushbu Kodeksning 30-moddasida ko'rsatilgan korporativ nizolar bo'yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno;
5¹) ushbu Kodeksning 30¹-moddasida ko'rsatilgan investitsiyaviy nizolar bo'yicha ishlar;
5²) ushbu Kodeksning 30²-moddasida ko'rsatilgan raqobatga oid ishlar;
6) chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo'qotgan fuqarolar ishtirokidagi nizolarga doir ishlar ham, agar tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, sudga taalluqli bo'ladi.
Qonun bilan sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, sud o'ziga taalluqli ishlarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari, shuningdek chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokida ko'radi.
O'zaro bog'liq bo'lib, ba'zilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo'yicha sudga taalluqli bo'lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo'yicha sudda ko'rilishi lozim.
O'zaro bog'liq bo'lib, ba'zilari ma'muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo'lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo'l qo'yilmaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 4¹, 5 va 5¹-bandlarida ko'rsatilgan ishlar nizo yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi yuridik yoki jismoniy shaxslar bo'lishidan qat'i nazar, sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn25-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi
(25-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 октябрдаги ЎРҚ-1089-сонли Қонунига асосан 4²-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.10.2025 й., 03/25/1089/0953-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.