Arbitrajning hal qiluv qarori, agar taraf yoki ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari to'g'risida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxs quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi lozim:
1) arbitraj kelishuvi taraflar ushbu kelishuvni qaysi qonunchilikka bo'ysundirgan bo'lsa, o'sha qonunchilik bo'yicha, bunday qonunchilik mavjud bo'lmaganda esa O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo'yicha haqiqiy emasligi dalilini;
2) «Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida ko'rsatilgan arbitraj kelishuvining taraflaridan biri qaysidir darajada muomalaga layoqatsiz ekanligi dalilini;
3) taraf arbitr tayinlanganligi haqida yoki arbitraj muhokamasi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligi yoki boshqa sabablarga ko'ra o'z vajlarini taqdim eta olmaganligi dalilini;
4) arbitrajning hal qiluv qarori arbitrajda hal qilinishi nazarda tutilmagan yoki arbitrajga murojaat qilish shartlariga to'g'ri kelmaydigan nizo bo'yicha qabul qilinganligi dalilini yoki unda arbitraj kelishuvini qo'llash doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo'yicha qaror mavjudligi dalilini. Bunda, agar arbitrajda ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan masalalar bo'yicha qarorlarni arbitrajga tegishli bo'lmagan masaladan ajratib olish mumkin bo'lsa, u holda arbitraj hal qiluv qarorining arbitrajga tegishli bo'lmagan masalalar bo'yicha qarori mavjud bo'lgan qismigina bekor qilinishi mumkin;
5) arbitraj sudining tarkibi yoki arbitraj tartib-taomili taraflarning kelishuviga muvofiq emasligi dalilini, agar faqat bunday kelishuv «Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining taraflar chekinishi mumkin bo'lmagan har qanday qoidasiga zid bo'lmasa yoki bunday kelishuv mavjud bo'lmasa, «Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq emasligi dalilini.
Agar iqtisodiy sud:
1) nizo predmeti O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko'ra arbitraj muhokamasiga tegishli emasligini;
2) arbitrajning hal qiluv qarori O'zbekiston Respublikasining ommaviy tartibiga zidligini aniqlasa, arbitrajning hal qiluv qarori bekor qilinishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn232⁸-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.