Iqtisodiy protsessual kodeksi

232¹⁴-modda. Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ish bo'yicha ajrimi

(29²-боб Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 октябрдаги ЎРҚ-1089-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.10.2025 й., 03/25/1089/0953-сон)

Iqtisodiy sud mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi. Iqtisodiy sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi yoki mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish to'g'risidagi ajrimida quyidagilar ham ko'rsatilishi kerak: 1) mediativ kelishuvni tuzgan taraflarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 2) mediativ kelishuv to'g'risidagi ma'lumotlar; 3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun ko'rsatma. Iqtisodiy sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim. Iqtisodiy sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.