Iqtisodiy protsessual kodeksi

232¹²-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish tartibi

Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqiladi. Iqtisodiy sud mediativ kelishuv tuzgan taraflarni sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi. Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko'rib chiqayotganda mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 232¹³-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar to'liq bajarilganligini yoxud bajarilmaganligini aniqlaydi. Iqtisodiy sud arizani sud majlisida ko'rib chiqayotganda mediativ kelishuvni tuzishga sabab bo'lgan nizoni mazmunan ko'rib chiqishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.