Iqtisodiy protsessual kodeksi

232-modda. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ish bo'yicha ajrim

Iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi. Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham bo'lishi kerak: 1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi; 2) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 3) hakamlik sudining hal qiluv qarori to'g'risidagi, arizachi majburiy ijro etilishini iltimos qilayotgan ijro varaqasi haqidagi ma'lumotlar; 4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun ko'rsatma. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo'qolmagan bo'lsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishiga to'sqinlik qilmaydi. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to'g'ri kelmaydigan nizo bo'yicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar bo'yicha to'xtamlar mavjudligi yoki nizo hakamlik muhokamasining predmeti bo'lishi mumkin emasligi oqibatida iqtisodiy sud tomonidan to'liq yoki qisman rad etilgan bo'lsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin. Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak. Iqtisodiy sudning ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.