O'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha, ushbu bobda belgilangan o'ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda ko'riladi.
Ish sudya da'vo arizasini ish yurituviga qabul qilish va ish qo'zg'atish to'g'risida ajrim chiqargan kundan e'tiboran yigirma kundan ortiq bo'lmagan muddatda ko'rib chiqilishi kerak.
Javobgar da'vo arizasi yuzasidan yozma fikrini da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash to'g'risida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran o'n besh kunlik muddatda sudga o'zi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Yozma fikrga uning ko'chirma nusxasi da'vogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Da'vo arizasi yuzasidan yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi.
Da'vo arizasining sudga yuborilishi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar tomonidan da'vo arizasi yuzasidan yozma fikr taqdim etilmaganligi da'vo arizasini ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi.
O'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ish bo'yicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn203⁹-modda. O'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud muhokamasining o'ziga xos xususiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.